This version of the page http://www.amerikaovozi.com/a/3552911.html (0.0.0.0) stored by archive.org.ua. It represents a snapshot of the page as of 2016-12-21. The original page over time could change.
Qirg'iziston: Kuchli jurnalistika nima talab qiladi?

  • Bosh sahifaga boring
  • Boshiga qayting
  • Qidiruvga o'ting
  • Learning English
VOA
Matbuot

Qirg'iziston: Kuchli jurnalistika nima talab qiladi?

  • Muhiddin Zarif

Bishkek ko'chalarida

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter
  • Share on В Контакте
  • E-mail orqali yuboring

Bishkekda Qirg’iziston jurnalistlar uyushmasining navbatdagi anjumani bo’lib o’tdi. Mamlakat jurnalistlari qanday muammolarga duch kelmoqda? Bu masalalarni qanday hal qilmoq kerak?

​O’shlik muallim Foziljon Arslonov ashaddiy gazetxon va teletomoshabin, radiodan ham quloq uzmaydi.

“Jurnalistlar ikkiga bo’linadi – haqiqatni yoritadiganlar va buyurtma asosida ishlaydiganlar. Menimcha, hozir ikkinchi toifa ko’pchilikni tashkil qiladi. Televizorda nuqul fisqi-fasod, yaxshi narsa chetda qolib, yomon narsani ko’rsatishga odatlanishgan – qaraging ham kelmaydi. Xalqda axborot vositalariga nisbatan ishonch bo’lishi uchun jurnalistlar xolis va haqiqatgo’y bo'lishlari lozim”, - deydi Foziljon.

“Talantli jurnalistlar kam, men bilgan-tanigan iqtidorli qalamkashlar moddiy qiyinchiliklar sabab boshqa sohalarga o’tib ketdi”, - deydi u.

Bishkekdagi “Erkinlik ovozi” portalining bosh muharriri Abdumo’min Mamaraimov bir necha yil mobaynida yosh qalamkashlar seminariga yetakchilik qilgan. Ustozni viloyatlarda o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlariga ham taklif qilib turishadi.

Uningcha, Qirg’izistonda jurnalistlar faoliyati uchun keng imkoniyat mavjud: so’z erkinligi taraqqiy etgan, tegishli (mutaxassislar mukammallikka yaqin, deyayotgan) qonunlar qabul qilingan.

“Gap o’sha imkoniyatlardan foydalana bilishda. Afsuski, hozircha o’lkada xalqaro andozalarga javob beradigan, kuchli jurnalistika bor, deb aytish qiyin. Ko’p hollarda xodimlarga kasbiy mahorat yetishmaydi. Jurnalistika talablari, ushbu sohaning asl mohiyatini tushunmaydiganlar ham oz emas. Oqibatda har kim bilganini qiladi”, - deydi Abdumo’min Mamaraimov.

U axborot vositalari, demakki, qalamkashlar yo’l qo’yayotgan mas’uliyatsizlik, tarafkashlik, ehtiroslarga berilish, o’z fikrini majburlab singdirishga urinish ko’rinishlaridan tashvishda.

“Aksar noxush ko’rinishlarning ildizi – jurnalistlarning moddiy ahvoli, iqtisodiy qaramlik hamda bilimsizlikka borib taqaladi”, - deb hisoblaydi suhbatdosh.

Bishkek

ElTR davlat teleradiokompaniyasi bosh direktorining o’rinbosari Nurlan Adayev fikricha, Qirg’iziston ommaviy axborot vositalarining asosiy muammolaridan biri - malakali kadrlar taqchilligi. Uningcha, oliygohlardagi o’quv jarayoni hamda malaka oshirish tizimi tub islohotga muhtoj.

“Aytaylik, televideniye 20-25 besh yil ilgarilab ketdi, soha uchun mutaxassislar tayyorlaydigan o’quv yurtlari esa o’tgan asrning 80-chi yillari darajasida qolmoqda. Universitetni tamomlab kelgan yoshlar juda g’o’r, oddiy narsalarni bilmaydi. Buni o’qimagan ekanmiz, deydi. Ish jarayonida ularni qaytadan o’qitish, o’rgatishga to’g’ri kelyapti. Afsuski, eski xodimlar orasida ham bilim saviyasi oqsayotganlar oz emas”, - deydi Nurlan Adayev.

Bishkek

Suhbatdosh deydiki, kasbiy uyushmalar jurnalistlar uchun o’zaro muloqot maydoni, sohaning dolzarb masalalarini ko’taruvchi, hamkasblar haq-huquqlarini muhofaza qiluvchi idora bo’lishi lozim.

Nurlan Adayev hamkasblarni axborot manbalarini tanlashda hushyorlik, talabchanlikka undaydi.

“Keyingi yillarda Bishkekda o’zini ekspert deb atayotganlar ko’payib ketdi. Ular o’zlarini hamma sohada mutaxassis deb hisoblaydi. O’lkaning qaysi bir burchagida nima bo’layotgan bo’lsa, ko’rmay, to’la bilib-bilmay turib xulosa chiqaradi. Jurnalistlar esa ularning so’zlarini haqiqat sifatida atrofga yoyadi, oqibatda omma sayoz, noxolis ma’lumot asosida fikr yuritadi”, - deydi Adayev.

Mustaqillikning dastlabki 10-15 yili davomida Qirg’izistonda xalqaro tashkilotlar ko’magida jurnalistlar malakasini oshirish uchun o’quv mashg’ulotlari, seminar-treninglar, davra suhbatlari o’tkazish yo’lga qo’yilgan edi. Abdumo’min Mamaraimov o’sha amaliyotni qayta tiklash zaruriyatini ta’kidlaydi.

Qirg’izistonda imkoniyat keng, deydi u, “o’tish davri xastaliklari” ga davo topish kerak.

  • Muhiddin Zarif

    Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

    Yoqdi Davramizga qo'shiling Obuna bo'ling

Shu mavzuda

  • Qirg’izistonda o’zbekzabon axborot vositalari kamayib ketgan, kadrlar masalasi dolzarb

  • AQShda prezidentlik saylovi va jurnalistika

  • Qirg'izistonda jurnalistlik qilish bugun yanada qiyinlashgan

  • Jurnalistika olamidagi yangiliklar

  • O'sh shahrida o'tgan vatandoshlar forumi

  • Xalqqa sifatli, xolis axborot kerak, deydi O'sh ziyolilari

  • Rossiya olib borayotgan axborot urushi

  • Qirg’iziston janubida yangi teleradio ochilishi kutilyapti

  • AQSh-O'zbekiston: Kecha, bugun va kelajak

  • Alisher Soipov xotirasiga Qirg'izistonda So'z erkinligi uchun kurash kuni

  • Rossiyada uyatsiz so'zlar taqiqlandi

  • Jurnalistika va zamon - Amerika universitetlarida - New Generation Journalism

  • Qanaqa matbuot erkinligi?

  • "Amerika Ovozi" 1950-yillarda harbiy kemadan efirga uzatilgan - VOA Floating Radio 1950s

  • Urush va jurnalistika - Covering conflicts

  • Bugungi Bishkek, suratlarda

  • So'z va matbuot erkinligi cheklangan davlatlar - OSCE members violating freedom

  • Etnik xunrezlikdan besh yil o'tib... O'sh, Qirg'iziston

  • San'at va inson huquqlari... Zamon O'zbekistondagi mustaqil ijodkorlar nigohida

  • "Darakchiga o'lim"- yangi film/ Kill The Messenger

  • AQSh siyosati - O'zbekiston - Matbuot erkinligi - Muhammad Bekjon taqdiri

  • Bugungi O'sh: Keremet TV, muxlislar bilan yuzma-yuz & Alisher Soipovni xotirlab

  • Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Back to top
XS
SM
MD
LG