This version of the page http://www.amerikaovozi.com/a/congress-budget/1771276.html (0.0.0.0) stored by archive.org.ua. It represents a snapshot of the page as of 2016-08-07. The original page over time could change.
Kongress byudjetni ma'qulladi, defoltning oldi olindi

  • Bosh sahifaga boring
  • Boshiga qayting
  • Qidiruvga o'ting
  • Learning English
VOA
Amerika

Kongress byudjetni ma'qulladi, defoltning oldi olindi

  • Amerika Ovozi

Kongress, 16-oktabr, 2013

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter
  • Share on В Контакте
  • E-mail orqali yuboring
AQSh Kongressida federal hukumatning byudjeti va davlat qarzi yuzasidan kelishuvga erishildi va bu boradagi hujjat har ikki palatada ovozdan o'tdi.

Yangi qonun 15-yanvargacha hukumatni mablag' bilan ta'minlaydi. Shuningdek, mamlakatning qarz olishiga qo'yilgan cheklov ham 7-fevralgacha ko'tariladigan bo'ldi.

Aks holda Amerika defoltga uchragan, ya'ni moliyaviy majburiyatlarni bajara olmagan va bu nafaqat AQSh balki global tizimni qaqshatgan bo'lar edi. Jahondagi eng yirik iqtisodiy tizim ekan, Qo'shma Shtatlar milliy puli dollar xalqaro valyutadir va Xitoy, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlarning moliyaviy taqdiri un bilan bog'liq.

100 senatordan 81 nafari "ha" deb ovoz bergan. 18 nafari qarshi chiqqan. Loyiha Vakillar palatasi tasdig'idan o'tib, prezident Barak Obama unga imzo chekdi.

deydiki, uning partiyasi mamlakat iqtisodiyotini o'ylab, bu qonunning qabul qilinishiga rozi bo'ldi.

"Ammo biz o'z qarashlarimizdan voz kechganimiz yo'q; prezidentga o'z talablarimizni aytishda davom etamiz", - deydi u.

Prezident Obama Kongress qarorini olqislab, hukumat 17-oktabrdan to'liq ishga qaytadi, dedi.

Respublikachilar sog'liqni saqlash tizimi islohotiga oid yangi qonun, prezident Obama olg'a surgan tashabbus amaliyoti uchun mablag' ajratishdan bosh tortgani bois byudjet o'z vaqtida qabul qilinmadi. Natijada davlat 16 kun davomida ishdan to'xtab qoldi. Bir millionga yaqin xodim majburiy, bepul ta'tilga chiqdi, idora va xizmatlar yopiq turdi.

Moliyaviy yil Amerikada 1-oktabrdan boshlanadi. Bugungi kelishuv vaqtincha. 2014-yilning boshida Kongress xarajatlarni yana ko'rib chiqishi va tobora o'sib borayotgan kamomadni qisqaritish yo'llarini topishi lozim.
  • Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

    Yoqdi Davramizga qo'shiling Obuna bo'ling

Shu mavzuda

  • Tahlil: Dunyo Vashingtondagi bahsni diqqat bilan kuzatayapti

  • AQSh hukumati qachon byudjetga ega bo'ladi, hozircha noma'lum

  • Amerikaliklar prezident va Kongressdan norozi

  • Vashingtondagi murosa vaqtinchalik -- US debt deal

  • Amerikada yangi islohotlar qarshilikka uchramoqda /Obamacare cost

  • AQShdagi inqiroz dunyo nigohida/US shutdown overseas

  • AQShda davlat xizmatchilari majburiy, bepul ta'tilda/ US government shutdown/Furlough

  • AQShda sog'liqni saqlash tizimi islohot ostida - US health care reform

Back to top
XS
SM
MD
LG