This version of the page http://www.amerikaovozi.com/a/1951301.html (0.0.0.0) stored by archive.org.ua. It represents a snapshot of the page as of 2016-08-07. The original page over time could change.
Nyu-York o'zini to'fonlardan qanday asramoqchi?

  • Bosh sahifaga boring
  • Boshiga qayting
  • Qidiruvga o'ting
  • Learning English
VOA
Amerika

Nyu-York o'zini to'fonlardan qanday asramoqchi?

  • Amerika Ovozi

Nyu-York

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter
  • Share on В Контакте
  • E-mail orqali yuboring

2012-yilda Atlantika okeani sohillaridagi shtatlarga kuchli to’fon kelganida suv to’rt metrgacha ko’tarilgan. Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarining katta qismi vayron bo’lgan. Hukumat qariyb bir milliard dollar ajratib, to’fonlardan asrovchi tizim yaratishga kirishdi. Tashabbusga xalqaro mutaxassislar ham jalb qilindi.

“Sendi” to’foni Nyu-Yorkni urganida yo’llar, tunnellar va metroni suv bosgan edi. Elektr tarmoqlari uzilgan. 60 kishi halok bo’lgan.

Bugun olti mintaqaviy loyiha ishga solingan. Maqsad – kelasi safar to’fon kelganida kamroq zarar keltirsin.

Eymi Chester - “Rebuild by Design” degan dastur rahbari:

“Birinchi vazifa – Manxettanning quyi sharqiy qismi hamda suv bo’yidagi mahallalarni himoya qilish. Toshqin ehtimoli bo’lganida uni to’sa olish kerak. Biz shunday qilmoqchimizki, bu to’siq jamoatchilikning boshqa talablarini ham qondirsin, masalan parklarda”.

Ya’ni bir vosita yagona maqsad uchun emas, turli shakllarda ishlatilsin.

Ikki yil oldingi to’fon oqibatlari hamon ko’zga tashlanadi, qayta qurilayotgan imoratlar ko’p.

Daniyalik Byarkay Ingels loyihalarni g’aroyib deb ta’riflaydi:

“Tasavvur qiling, marjonlar tizmasi, shaklan o’zgarib turadi. Estetik jihatdan ko’zni quvontiradi. Lekin sizni ofatdan qutqarish salohiyatiga ega. Avvalo jamoatchilik fikrini o’rgandik. Odamlardan so’radik. Eshitganlarimizga qarab, mana shunday loyiha bilan chiqdik. Bu to’siq savdo rastalari joylashgan, turli salon va pavillionlardan iborat shinam va ko’rkam obyekt bo’ladi”.

Damaris Reyes Manxettanning quyi sharqiy qismi vakili. To’fonlar yana keladi, aholini himoya qilish yo’llarini yangilash kerak, deydi u. Loyiha unga ma’qul.

“Bu borada jamoatchilik fikrini o’rganishdi, siz nima istaysiz deb biz bilan hisoblashishdi. Biz esa hamkorlikka tayyormiz chunki xavfsiz yashashni istaymiz”.

Manxettan mana shunday to’siqlar bilan o’ralishi rejalangan. Ish qanchalik tez bitsa shuncha yaxshi, deydi mutaxassislar.

Nyu-Yorkning yana bir tumani - Steyton oroli ham shunday to’siq haqida o’ylamoqda. Undan plyaj va sohilbo’yi maktabi sifatida foydalanmoqchi.

Nyu-Jersi bilan tutash hududlar ham himoya qilinadi, mana shu singari tizmalar bilan.

Federal hukumat mutasaddisi Xolli Likt loyihani mushtarak g’oyalar mahsuli deya ataydi.

“Biz dunyodagi eng ilg’or sistemalarni o’rgandik. O’zimizning imkoniyatlarimizni tahlil qilib chiqdik. Odamlar dardini tingladik. To’fon kelganida unga nima chidab berishi mumkin yoki mumkin emasligini sarhisob qildik. Tajribamiz bor axir. Shunga asoslanib, ish tutayapmiz” .

Loyiha hozircha faqat qog’ozda. Uni amalga oshirish uchun davlatning tegishli organlari, mahalliy hokimiyat va xususiy sektor bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak.

  • Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

    Yoqdi Davramizga qo'shiling Obuna bo'ling

Shu mavzuda

  • Nyu-York: to'fonga qarshi yangi tizimlar - Rebuild by Design NYC

  • Amerikaning markazi, janubini to'fon urdi

  • AQSh sharqiy sohillarini to'fon urdi

  • Amerika shimoli-sharqi qor ostida

  • Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

  • "Sendi" to'foni Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarining katta qismini vayron qildi

  • To'fon jabrdiydalari AQSh hukumatidan norozi/Sandy disaster aid

  • To'fon ketidan... Tornado aftermath, Oklahoma

  • Ob-havo va superkompyuterlar - Supercomputers & weather prediction

  • Koni Aylend, Nyu-York/ Coney Island Rebirth

  • Suv bilan olishayotgan shahar - Norfolk, Virginia

  • Yangi Orlean bugun ancha yangilangan, New Orleans, seven years after Katrina

Back to top
XS
SM
MD
LG