This version of the page http://www.amerikaovozi.com/a/us-elections/1784818.html (0.0.0.0) stored by archive.org.ua. It represents a snapshot of the page as of 2016-08-06. The original page over time could change.
AQShda hal qiluvchi saylovlarda demokratlar qo'li baland keldi

  • Bosh sahifaga boring
  • Boshiga qayting
  • Qidiruvga o'ting
  • Learning English
VOA
Siyosat

AQShda hal qiluvchi saylovlarda demokratlar qo'li baland keldi

  • Amerika Ovozi

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter
  • Share on В Контакте
  • E-mail orqali yuboring
Virjiniya shtatida gubernator poygalarida demokrat Terri Makoliff g'alaba qozondi. Nyu-Jersi shtatida esa murosaga xayrixoh respublikachi Kris Kristi gubernatorlikka qayta saylandi.

Kristi, xususan, 50 foizdan oshiq ovoz jamlay oldi va uni ham demokrat, ham mustaqil saylovchilar birday yoqlagani ma'lum. Partiyalarni kelishib ishlashga undayotgan gubernator kelasi prezident saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzodlikni ko'zlayapti, degan taxmin kuchli.

Makoliff esa respublikachi raqibi, o'ta konservativ yondashuvi bilan tanilgan Ken Kuchinellini qisqa farq bilan mag'lub etdi.

Nyu-York meri uchun bellashuvda demokrat Bill de Blasioning qo'li baland keldi. U o'tmishda respublikachi, keyin o'zini mustaqil nomzod deya tanitgan Maykl Blumbergning o'rnini egallaydi. De Blasio Nyu-York merligiga 1989-yildan beri saylangan ilk demokratdir.

Boshqa yirik shaharlar, xususan, Atlanta, Boston, Detroyt, Xyuston va Mayami ham kecha merlarga ovoz bergan.

Tahlilchilar ushbu saylov misolida kelasi yil Kongress Vakillar palatasi va Senatga poygalar, 2016-yilda esa prezident saylovi natijasini oldindan ko'rishga urinayapti. Yaqinda hukumat qisman ishdan to'xtagani ham saylovchilar qaroriga ta'sir qilgani aytiladi. Chunki unda asosan respublikachilar ayblangan.

  • Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

    Yoqdi Davramizga qo'shiling Obuna bo'ling

Shu mavzuda

  • Amerika siyosatida inqiroz normal holatga aylandimi?

  • Prezident Obama Nyu-Jersi ahliga yordam va'da qildi

  • Respublikachilar orasida yagona lider yo'q

  • AQSh byudjetsiz, xorijga harbiy yordam uzilgan

  • Vashington: Murosa vaqtinchalik

  • AQShning ayrim shtat va shaharlarida mahalliy saylovlar

  • AQShdagi inqiroz dunyo nigohida/US shutdown overseas

  • Respublikachilar partiyasi kelajagi/Republica future

  • Saylov va siyosiy filmlar/Political movies

Back to top
XS
SM
MD
LG