якшанба, апрел 17, 2016 маҳаллий вақт 05:51
Радио эшиттиришлар
Сўнгги дастурни юклаб олинг
BahsOnline: Ўзбекистонда аёллар алоҳида бассейнларда чўмилсинми?
Ўзбекистон ҳокимият идоралари тўлиғича МХХ назоратига ўтдими?
Қандай тинглаш мумкин
Озодлик тўлқинлари


"Yosh to‘lqin" yoshlar sahifasi

Karikaturalar ko‘rgazmasiga qo‘yilgan bir asarda Toshkentning "Gitler"i aks etdi

Rassom Shavkat Muzaffar asari
x
Rassom Shavkat Muzaffar asari

Toshkentdagi “Fotografiya uyi” ko‘rgazmalar zalida o‘zbekistonlik taniqli karikaturachilar ko‘rgazmasi ochildi. "Tabassum", deb nomlangan ko‘rgazmadan uzoq yillar “Mushtum” jurnalida ishlagan va dunëning eng zo‘r 100 karikaturachisi ro‘yxatiga kirgan rassom Husan Sodiqov, shuningdek, Mahmud Eshonqulov, Radik Azizov, Shavkat Muzaffar, Mirsaid G‘oziev  va boshqa satirik rassomlar asarlari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri Fathilla Almetovning Ozodlikka aytishicha¸ ko‘rgazmada 200 dan ortiq asar namoyish qilinmoqda:

- Ularning asosiy qismi - karikatura janridagi o‘tkir satirik mazmundagi asarlar. Bu rasmlarda kundalik hayotimizdagi illatlar hajv tig‘iga olingan. Masalan, bitta rasmda  bo‘rining qo‘ylarga cho‘ponlik qilaëtgani aks etgan. Bu juda dolzarb tema. Bilsangiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi shu kunlarda matbuotda tanqid qilinyapti. Menimcha, bu rasm prototipi aynan shu qabildagi hokimlardir¸ deydi ko‘rgazma tashkilotchisi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ ko‘rgazmada miniatyura ustalari Bahodir Xojimatov va Mariya Korovinalar va yumoristik mazmundagi sopol haykalchalar yasaydigan Erkin Abdukarimxo‘jaev¸ Nodirbek Shahobiddinovlar asarlari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazma tashkilotchisining aytishicha, tadbir tomoshabinlar bilan gavjum:

- Zamonaviy san’at ko‘rgazmasiga odam kam keladi odatda. Lekin satirik asarlar ko‘rgazmasi tomoshabinlar bilan to‘la. Odamlar zavq bilan¸ yuzida kulgi bilan tomosha qilyapti. Chunki rassomlar oddiy haëtni kulgili qilib tasvirlagan¸ deydi suhbatdosh.

Ko‘rgazma tashkilotchisi, Ozodlik iltimosiga ko‘ra, tomoshabinlardan birini telefonga chaqirib berdi. O‘zini Nargiza, deb tanishtirgan 20 yashar oliygoh talabasi ko‘rgazmadan olgan taassurotini o‘rtoqlashdi:

- Kulgili judayam. Rosa kuldim. Boshqalar ham kulyapti. Menga masalan, qaynona-kelin janjali haqidagi karikaturalar juda ëqdi. Matbuotda karikatura yo‘q, shu bois bu ko‘rgazma ayni muddao¸ deydi Nargiza.

Bir shaharda ikki karikatura ko‘rgazmasi

Toshkentdagi “Fotografiya uyi” ko‘rgazmalar zalida boshqa rassomlar qatorida asarlari qo‘yilgan karikaturachi rassom Radik Azizov ayni bir paytda Ikuo Xirayama nomidagi madaniyat karvon saroyida shaxsiy ko‘rgazmasini ham o‘tkazmoqda. Ko‘rgazma zali mudiri Gavhar Saodatovaning Ozodlikka bildirishicha¸ 14 aprelga qadar ochiq turadigan bu ko‘rgazma faqat Radik Azizovning asarlaridan iborat:

- Karikatura bilan birgalikda rassomning moybo‘ëqda ishlangan yumoristik-quvnoq asarlari ham namoyish qilinmoqda. Ko‘rgazmaning nomini “Kulgi kaleydoskopi”, deb atadik. Nega bunday ataganimizni ko‘rgazmaga kelsangiz bilasiz. O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deydiku. Azizovning rasmlari bahor mavsumiga mos rang-barang. Shu bilan birga bu asarlarida kuchli ironiya bor¸ deydi ko‘rgazma zali mudiri Gavhar Saodatova.

Rassom Radik Azizov
x
Rassom Radik Azizov

​50 yashar rassom Radik Azizov Toshkent viloyatining To‘ytepasida tug‘ilgan. Karikatura va animatsion filmlarga rasm chizishga ixtisoslashgan. To‘qsondan ortiq xalqaro karikatura ko‘rgazmalari qatnashchisi. Radik Azizovning ismi “Karikatura katta ensiklopediyasi”- ga kiritilgan.

Shu kunlarda  "Mushtum" jurnalidan tashqari birorta nashrda karikatura chop qilinmasligi bois rassomlar ko‘rgazma vositasida o‘z asarlarini namoyish qilishga majbur.

Nasriddindan boshlangan janr

Turkistonda 19-asrda toshbosma kitob sanoati rivojlangani asnosida ilk karikaturalar paydo bo‘lgan edi. Bu karikaturalar toshbosma usulda chop qilingan Afandi latifalariga chizilgan rasmlar edi.

1923 yilning fevraldan chop qilina boshlangan  birinchi o‘zbek hajviy jurnali - “Mushtum” Markaziy Osiëda karikatura rivoji uchun imkon yaratdi.

1991 yili 160 ming nushada oyda ikki marta nashr qilingan "Mushtum" jurnali shu kunlarda oyda bir marta 3 ming nushada chop qilinmoqda.

Ayni paytda internetdagi Eltuz.com nashri  o‘zbek karikaturachilarining asarlarini chop qilishni yo‘lga qo‘ydi. 

Eltuz.com rassomiTuz mo‘yqalamiga oid rasm
x
Eltuz.com rassomiTuz mo‘yqalamiga oid rasm

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Хабар, фото ва видеоларни ОЗОДЛИКка +420 724 971 539 WhatsApp ва Telegram орқали юборинг!

Озодликнинг жонли мулоқотларида душанба ва чоршанба кунлари Тошкент вақти билан соат 19:00да OzodOvoz, OzodSkype ва Ozodlik Online Skype манзиллари воситасида қатнашинг!

Озодлик шахсингиз сир қолишини кафолатлайди.

Xabar, foto va videolarni OZODLIKka +420724971539 WhatsApp va Telegram orqali yuboring!

Ozodlikning jonli muloqotlarida dushanba va chorchanba kunlari Toshkent vaqti bilan 19:00da Ozodovoz, Ozodlikonline va Ozodskype Skype manzillari vositasida qatnashing!

Ozodlik radiosi shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi.

So‘ngi yangiliklar

00:33
Karimov va Nazarboev mintaqa davlatlarini suv masalasida muloqotga chaqirdi
00:31
 Andijonlik qochqin: MXX meni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi
00:28
 Besh marta sudlangan sobiq bankir sud hukmidan norozi bo‘layapti
00:25
Rim Papasi AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan Berni Sanders bilan uchrashdi
00:23
Armaniston ShHTning muloqotdagi hamkori maqomiga ega bo‘ldi
00:21
Mehnat vazirligi: to‘rt oy ichida 160 mingdan ziyod odam ish bilan ta’minlandi
00:17
Rim Papasi Lesbos orolidagi qochqinlarni ziyorat qildi
16 апрел 2016
16:14
O‘zbekiston sharqida zilzila ro‘y berdi, talafotlar yo‘q
16:11
Stavropolyeda otishma, politsiya ikki hujumchini o‘ldirdi
16:08
Yaponiyada ikkinchi zilzila, 27 odam nobud bo‘ldi
02:18
 "Nega o‘zbek muallimining itchalik qadri yo‘q?"
02:16
 Namanganda aravakash va geymer bolalarga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

Eng ko‘p o‘qilgan

  • “Rahbar bo‘lmoqchimisan, so‘kishni o‘rgan!”
  • Gulnora Karimova Twitterda bahslashdi
  • "Domla, qo'limni qaytarmang!"
  • "Krutoy" telefonga qancha berishga tayyorsiz?
  • “Fohishalikni o‘z xohishim bilan tanladim”
  • Moskva klublarida o‘zbek yigitlari o‘zini sotmoqda
  • “O‘qigan bilan o‘zbekka ish yo‘q”
  • O'zbekiston "yana yomonlarning yomoni"
  • O‘zbekiston telekanalida yana “Akromiylar”
  • "Sotka"dan ehtiyot bo‘ling!
  • Yangi yildan kirakashlar ishsiz qolishi mumkin
  • Ayollar avtomobil haydashi kerakmi?
  • Xorijdan O'zbekistonga qaytmoqchimisiz?
  • Olmaliqda buxanka non taqchillashdi
  •  Osilsang baland dorga osil
  • Milliy antivirus dasturi tuzildi
  •  Kamola Malikova: "Men o'zbek modelyeriman"

Ozodlik Odnoklassnikida