This version of the page http://www.amerikaovozi.com/a/hrw-central-asia/1864225.html (0.0.0.0) stored by archive.org.ua. It represents a snapshot of the page as of 2016-03-28. The original page over time could change.
HRW: Huquqbuzar hukumatlarni izza qilish - ishimizning bir qismi

  • Bosh sahifaga boring
  • Boshiga qayting
  • Qidiruvga o'ting
  • Learning English
VOA
Markaziy Osiyo

HRW: Huquqbuzar hukumatlarni izza qilish - ishimizning bir qismi

  • Navbahor Imamova

Ostona, 2012... Tub muammo shuki, deydi HRW vakillari, deyarli chorak asrdan beri hukmron Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev tanqidni dushmanlik deb ko’radi.

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter
  • Share on В Контакте
  • E-mail orqali yuboring

Global miqyosda inson huquqlarini himoya qilib tanilgan “Human Rights Watch” (HRW) tashkilotidan biror hukumat rozi emas. "Chunki biz barcha davlatlarni tanqid qilamiz, ularning siyosatini savolga tutamiz", - deydi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), tashkilotning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh mutaxassisi.

Huquq va erkinlik kuychisi bo’lmish Amerikaning siyosati ham, xususan Guantanamo qamog’i, u va boshqa turmalardagi qiynoqlar, “Human Rights Watch” tomonidan keskin qoralanadi.

Markaziy Osiyoga kelganda, deydi bu tashkilot ekspertlari, ikki yirik jamiyat - O’zbekiston va Qozog’istonda huquqbuzarlik tabiiy hol.

Inson huquqlari-O'zbekiston-Qozog'iston-HRW-Navbahor Imamova (6:17)
Inson huquqlari-O'zbekiston-Qozog'iston-HRW-Navbahor Imamova
0:00:00
Yuklab oling
  • MP3

HRW - Uzbekistan (Steve Swerdlow) & Kazakhstan (Mihra Rittman) at OSI Washington - 3-4-14.Mp3 (1:18:37)
HRW - Uzbekistan (Steve Swerdlow) & Kazakhstan (Mihra Rittman) at OSI Washington - 3-4-14.Mp3
0:00:00
Yuklab oling
  • MP3

“Human Rights Watch” desangiz, Toshkent va Ostona rasmiylari shu qadar chuqur uf tortishadiki, asabiylashganidan so’zini yo’qotadi. 2013-yilning oktabrida Jenevada O’zbekiston Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov BMTning Qiynoqlarga qarshi qo’mitasi savollariga javob berar ekan, “Human Rights Watch” yolg’onchi va tuhmatchi dedi. O’zbekistondagi progressni ko’ra olmayotgan yovuz kuch, deya ta’rifladi Saidov.

O’zini Markaziy Osiyo lideri deb atayotgan Qozog’istonda ham rasmiylar bu tashkilotni g’azab bilan tilga oladi. Norozilik kuchli.

Hisobotlar xolis emas, respublika mustaqil yillarida ulkan yutuqlarga erishdi, inson huquqlarini bugun har qachongidan ham ko’proq hurmat qilinadi va oshkoralik ta’minlangan, deydi mamlakat diplomatlari, Vashingtonda HRW vakillari bilan o’tgan yuzma-yuz suhbatda. Ular fikricha ham bu tashkilot progressga ko’z yummoqda, “faqat tanqid va talab bilan cheklanmoqda”.

Markaziy idorasi Nyu-Yorkda joylashgan HRW 1978-yilda tashkil topgan. Xelsinki shartnomasi (1975-yilda G’arb va Sovet Ittifoqi boshliq kommunistik blok orasidagi aloqalarni yaxshilash va erkinlikni targ’ib qilish maqsadida imzolangan bitim) amaliyotini kuzatish uchun tuzilgani bois uni o’sha paytda “Helsinki Watch” deb atashgan.

Tashkilotning azaliy missiyasi - huquqbuzar va qonunbuzar hukumatlarni xalqaro maydonda izza qilish; dunyoni ogohlikka chorlash; axborot vositalari va ommaviy bayonotlar orqali huquq va qonunga e’tiborni oshirish; rahbarlarni adolatni ta’minlashga undash.

Shuningdek, HRW o’zini huquq himoyachisi deb biladigan Amerika va Yevropa Ittifoqiga, shuningdek, boshqa erkinlik targ’ibotchilariga ularning hamkorlari va ittifoqchilari o’z fuqarolariga qanday munosabatda ekanini eslatib turadi, ularni vijdonan ish tutishga chaqiradi.

Masalan, yaqinda AQShdagi yetakchi siyosiy nashr “Politico” Amerikaning eng nobop 25 ittifoqchisi degan tahlilnoma chiqardi. Ular orasida O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston ham bor. Material HRW to’plagan ma’lumotlarga asoslangan va mazmuni shuki, huquq va erkinlikni doimiy tarzda oyog’osti qilib kelayotgan davlatlar bilan hamkorlik qilish AQShga uyat.

Xususiy donorlardan mablag’ oladigan va yillik byudjeti 50 million dollardan ziyod HRW o’z muvaffaqiyatini haqiqatni yuzaga chiqarib, insonlar hayotini asrayotganlikda deb biladi. Izlanuvchilari - professional advokatlar, huquq himoyachilari. Asos va dalil – asosiy qurol, deydi Stiv Sverdlov.

“Bizni O’zbekiston singari repressiv davlatlardan chiqarib yuborishganining sababi ham shu. Biz haqiqatni aytamiz, haqiqat esa bu hukumatlarga yoqmaydi. O’z fuqarolarini, siyosatni tanqid qilgani uchun qiynoqqa mahkum etayotgan hukumat bu borada ma’lumot sizib chiqishini albatta istamaydi. Vaziyat, ular da’vo qilayotganidek yaxshi bo’lsa, qani, ko’rsating, ko’raylik, kuzataylik”, - deydi u, Karimov ma’muriyatining tanqidlariga nisbatan.

Yaqinda O’zbekiston davlat matbuotida HRWning yillik hisobotini qoralab, katta maqola chop etildi. Agar bu maqoladagi iddaolar rost bo’lsa, deydi Sverdlov, hukumat siyosiy fikri va tanqidiy qarashlari uchun qamalgan insonlarni qamoqdan ozod etsin. Masalan, sobiq deputat Murod Jo’rayev, jurnalistlar Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Sayid, huquq himoyachilari A’zam Turg’unov va G’aybulla Jalilov.

12 yildirki, O’zbekiston hukumati BMTning inson huquqlari bo’yicha biror maxsus elchisini mamlakatga kiritmaydi. Oxirgi marta 2002-yilda kiritgan. Qiynoqlarga qarshi vakil Teo Van Boven vaziyatni o’rganib, respublikada “sistematik qiynoqlar” haqida ogohlantirgan edi.

Muammoni tan olmaslik davri o’tdi, deydi Stiv Sverdlov, O’zbekiston hukumati zarracha bo’lsa ham mas’uliyat his qilsa, huquqni hurmat qilishini amalda isbotlay boshlashi kerak, Toshkentning tinimsiz inkor etishlari o’rinsiz.

Qozog’istondagi ahvolni o’rganib kelayotgan Mira Rittman (Mihra Rittman) ham Nursulton Nazarboyev rahbar hukumatni haqiqatni tan olishga undaydi.

Iqtisodiy taraqqiyot fuqaroga kuch berishi aniq, deydi u, ammo jamiyatda siyosiy erkinlikka ham yo’l ochish kerak. Odamlar oddiy tanqidiy fikrlari uchun qamaladi.

Axborot vositalari, ularning muxbirlari va noshirlar, siyosatni savolga tuta olmaydi. Muxolifat va fuqaro jamiyati hukumat qo’lida o’yinchoq; o’yinchoq bo’lishdan bosh tortsa, ular tugatiladi, deydi Rittman o’zi olib borgan izlanishlarga asoslanib.

Neftdan tushgan boylik, afsuski, butun Qozog’istonni to’q va farovon qilib qo’yayotgani yo’q. Korrupsiya kundalik hol. Aholining katta qismi qashshoq, deydi ekspert. Neft sanoati joylashgan Janaozen shahrida 2011-yilda ishchilar bosh ko’tarib, o’nlab insonlar halok bo’lgan. Tergov va sud ishlari adliya tizimi mustaqil emasligini ko’rsatdi. Adolat qaror topmadi, deydi Mira Rittman.

Xalqninig huquqiy ongini oshirish - dolzarb vazifa. Biroq tub muammo shuki, deydi HRW vakillari, deyarli chorak asrdan beri hukmron Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev tanqidni dushmanlik deb ko’radi. Ular boshliq tuzumlar jamiyat har qanday tanqiddan toza bo’lishini ta’minlash uchun huquqbuzarlikka zo’r beradi.

Bu shu qadar normal holatga aylanganki, HRW singari xalqaro kuzatuvchilar “hoy, nima qilayapsizlar?” desa ularga ham toqat yo’q. Shu bois tashkilot bugun vaziyatni Toshkent yoki Ostona emas, Bishkekdagi idorasi va mahalliy hamkorlari orqali kuzatmoqda. Manbalarni ko’p hollarda sir tutadi, chunki ularning hayotini xavf ostiga qo’yishni istamaydi.

  • Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Yoqdi Davramizga qo'shiling Obuna bo'ling

Shu mavzuda

  • O'zbekiston, siyosiy mahbuslar, huquq/Navbahor Imamova

  • Senatorlar, O'zbekistondagi siyosiy mahbuslar, Freedom Now/Navbahor Imamova

  • O'zbekiston-Karimov-Gulnora-Kelajak-Tahlil-Navbahor Imamova

  • Yosh muhojirlardan Karimovga ochiq xat/Malik Mansur

  • O'zbekiston-Karimov-Siyosiy-partiyalar-Malik-Mansur

  • Bosh prokuratura, Karimova, tergov/Malik Mansur

  • Ayrim faollar Gulnora Karimova bilan muloqot tarafdori

  • Inson huquqlari faollari -Yevrosiyo-Navbahor Imamova

  • Mo'tabar Tojiboyeva - qamoqdagi -majburiy sterilizatsiya-qissasi

  • Xavfsizlik yoki huquq? AQSh rasmiysi siyosatni tushuntirdi/Shohruh Hamro

  • Huquq faollari: Lara Fabian konsertini bekor qilganidan xursandmiz/Malik Mansur

  • O'zbekiston - Akmal Saidov - BMT Inson huquqlari kengashi/Navbahor Imamova

  • O'zbekiston vakili Akmal Saidov BMT Inson huquqlari kengashida, 16-sentabr 2013

  • O’zbekistonda huquqbonlarga nisbatan yangi bosim-tazyiqlar/Malik Mansur

  • Huquq faollari Qizil Xochning qaroridan afsusda/Malik Mansur

  • AQSh-Markaziy Osiyo, O'zbekiston, huquq va demokratiya/Navbahor Imamova

  • O'zbekiston va inson huquqlari, Malik Mansur

  • Kiyevda Markaziy osiyolik huquqbozlar yig'ildi/Malik Mansur

  • Huquq va siyosat, AQSh-Markaziy Osiyo/Navbahor Imamova

  • Jon Kerri: Huquq himoyasi, diplomatlar xavfsizligi ustuvor vazifalar

  • Steve Swerdlow, Human Rights Watch/Stiv Sverdlov sovrin nimaga berilganini tushuntiradi

  • Human Rights Watch - O'zbekiston vakili Stiv Sverdlov bilan suhbat/Navbahor Imamova

  • Steve Swerdlow HRW on Uzbekistan UN Committee Against Torture 10-29-13

  • Steve Swerdlow, HRW Uzbekistan, June 19 2013 talking to VOA Uzbek

  • Steve Swerdlow of HRW/Kerry-Kamilov talks

  • Steve Swerdlow HRW Uzbekistan talks to Navbahor Imamova VOA Uzbek 3-30-12 Washington DC

  • Steve Swerdlow, HRW talks to VOA Uzbek

  • O'zbekiston rahbari Pragaga safarini qoldirdi

  • HRW: Tojikistonda muxolifatchi 26 yilga qamalgani siyosiy erkinlik yo'qligidan darak

  • Huquq tashkiloti: Qirg'izistonda gomoseksual kishilar militsiya nishonida

  • O'zbekiston hukumati siyosiy mahbuslar bilan uchrashishga ruxsat bergani nimadan dalolat?

  • Huquqbonlar: Bizni qanchalik qoralashmasin, jamiyatga kerakmiz

  • HRW: O'zbekistonda huquq bobida biror siljish yo'q

  • Qirg'izistonda qiynoqlar, O'zbekistonda chiqish vizasi haqida yosh mutaxassislar fikri

  • O'zbekiston rahbariga: Konstitutsiyani ardoqlash inson huquqlarini qadrlashdan boshlanadi

  • Gulnora Karimova qiynoqlar haqida gapirmoqda, lekin savollarga javob bermaydi

  • BMT, Jeneva: O'zbekiston qiynoqlar yuzasidan savolga tutildi

  • HRW: Karimov Riga orqali Yevropaga yaqinlashmoqchi

  • Huquq tashkiloti Rossiyaga: O'zbeklarni Qirg'izistonga qaytarmang

  • AQSh keskin tanqid ostida - Drones, HRW & Amnesty International

  • Bobomurod Razzoqov qamoqqa mahkum etildi

  • O'zbekiston BMTga qanday hisobot berdi?

  • Qirg'iziston hukumati bosim ostida

  • Obama huquq bo'yicha bosh rasmiy etib "Human Rights Watch" vakilini tanladi

  • Karimov, siyosiy mahbuslarni ozod eting!

  • Adolat qachon qaror topadi?

  • Human rights in Uzbekistan/US policy/ Steve Swerdlow of HRW on VOA Uzbek

  • "AQSh O'zbekistondagi vaziyatga ko'z yuma olmaydi" /Interview with Steve Swerdlow, HRW Uzbekistan

Back to top
XS
SM
MD
LG